+998 99 270 37 17
Renessansss Arab tili markazi · Toshkent · Kitob · Shahrisabz

4 oyda arab tilidagi istalgan kitobni ravon o'qing

Tajribali ustozlar bilan oson va tez. Birinchi dars bepul.

5 yilfaqat arab tili
4000+o'quvchi o'qigan
A1–C1arab ustozlar bilan
3 filialToshkent, Kitob, Shahrisabz
Nega aynan Renessansss?

Asoschimiz aytib beradi

  • 6 yillik tajriba. Asoschimiz 6 yildan beri arab tilidan dars beradi, milliy va xalqaro C1 sertifikatiga ega.
  • 4000+ o'quvchi. Markazlarimizda shuncha odam arab tilini o'rgangan.
  • Kuchli ustozlar. Jumladan, 25 yillik tajribali misrlik ustoz Mahmud Hasan.
Bepul darsga yozilish
Qayerdan boshlayman?

Sizga qaysi biri tanish?

Holatingizni tanlang: qaysi kursdan boshlashni darhol ko'rasiz.

«Arabcha umuman o'qiy olmayman, noldan boshlayman»

Fonetika kursi, 1-bosqichdan. Harflarning to'g'ri talaffuzidan boshlaymiz.

«Harflarni taniyman, lekin qo'shib, ravon o'qiy olmayman»

Fonetika kursi, darajangizga mos bosqichdan. Bosqich demo darsda aniqlanadi.

«O'qiy olaman, lekin ma'nosini tushunmayman»

Grammatika kursi, A1 dan. Birinchi darajadanoq arab ustoz bilan.

Nega talaffuz muhim: bitta harf xato aytilsa, ma'no o'zgaradi. عَالَم (olam) → أَلَم (og'riq, dard)
Kurslar · 1

Fonetika: 4 bosqichda ravon o'qishgacha

4 oylik dastur. Har bosqich oldingisining ustiga quriladi, yakunda sertifikat beriladi.

Harflar

Alifbo to'liq: harflarning maxraji, yozilishi va to'g'ri o'qilishi.

Yakka so'zlarni to'g'ri o'qiysiz

Qo'shib o'qish

Harflarni qo'shib o'qish qoidalari va to'g'ri o'qish ko'nikmasi.

Umumiy matnlarni o'qiy boshlaysiz

Matnlar

Hikoya va matnlarni o'qib, qoidalarni amalda mustahkamlaysiz.

Adashmay, bemalol o'qiysiz

Xos kitoblar

Xos kitoblarga tegishli o'qish qoidalari va ularni matnda qo'llash.

O'zingiz tanlagan kitobni o'qiysiz

Kurslar · 2

Grammatika: A1 dan C1 gacha

Arab tilini grammatik jihatdan to'g'ri va tizimli o'rganasiz. Har bir daraja 3 oy davom etadi.

A1

Boshlang'ich

Oddiy so'z va iboralarni tushunasiz, o'zingizni tanishtira olasiz, sodda savollarga javob berasiz.

O'zbek ustoz + arab ustoz haftada 1 marta
A2

Asosiy

Kundalik mavzularda (oila, ish, xarid, yo'l) oddiy suhbat qurasiz, qisqa matnlarni tushunasiz.

O'zbek ustoz + arab ustoz haftada 1 marta
B1

O'rta

Tanish mavzularda erkin gaplashasiz, fikringizni tushuntira olasiz, oddiy kitob va maqolalarni o'qib tushunasiz.

Native arab ustoz + yordamchi o'zbek ustoz
B2

O'rtadan yuqori

Arab bilan bemalol suhbatlashasiz, kitob, maqola va ma'ruzalarning asosiy mazmunini tushunasiz.

Native arab ustoz
C1

Yuqori

Murakkab va ilmiy matnlarni tushunasiz, rasmiy va ilmiy mavzularda ravon gapirasiz va yozasiz.

Native arab ustoz
C2

Mukammal

Ona tili darajasiga yaqin bilim. Mahmud Hasan ustozning darajasi.

Eng yuqori daraja

Bu darajalar xalqaro CEFR shkalasi bo'yicha: A1 eng boshlang'ich, C2 eng yuqori. Darajangiz bepul demo darsda aniqlanadi va o'sha bosqichdan boshlaysiz.

Ustozlar

Kim bilan o'qiysiz

Ustozlarimizni darsdan oldin ko'ring va eshiting.

Abdulloh Ibrohim, Renessansss asoschisi
Markaz asoschisi · Arab tili C1

Abdulloh Ibrohim

6 yildan buyon arab tilidan dars beradi. Arab tilini bilish darajasi C1 ekanini ikki sertifikat tasdiqlaydi:

  • Milliy sertifikat, C1. Bilim va malakalarni baholash agentligi, 2025. Haqiqiyligini sertifikat.uzbmb.uz saytida tekshirish mumkin.
  • Xalqaro sertifikat, Advanced C1. Attanal Al-Arabi, akademik imtihon, 5 ko'nikma, 2024.
Native arab ustoz · C2

Mahmud Hasan

Misrlik ustoz, Al-Azhar universitetida doktorlik darajasini olgan. 25 yildan ortiq pedagogik tajriba, dunyoning ko'plab universitetlarida professor bo'lib ishlagan. Grammatika kursida dars beradi.

Renessansss bitiruvchisi

Jobir ustoz

Markazimizda o'qib, sertifikat olgan va ustozlik faoliyatini shu yerda boshlagan. Yosh bo'lishiga qaramay, bir necha yuzlab o'quvchiga dars berib, ularning mehrini qozonishga ulgurgan.

Arab tili ustozi · magistr

Bekzod Rahmonov

Oriental universitetining arab tili yo'nalishi bo'yicha magistraturasini tamomlagan. 8 yildan beri arab tilini o'rganadi, 2 yildan beri markazimizda dars berib, ko'plab o'quvchilarga arab tilini o'rgatgan.

Narxlar

Tariflar

Guruh hajmi, darslar soni va ustozlar tarkibiga qarab farqlanadi. Qaysi biri mosligini demo darsda birga hal qilamiz.

Fonetika onlayn

Video darslar, har kuni ustoz tekshiruvi, haftada 1 marta Zoom. Har kuni o'qisangiz 2 oyda tugatasiz.

999 000 so'm
2 oy uchun, bir martalik

Xavfsiz boshlaysiz

Birinchi dars bepul

Ustozni ko'rasiz, darajangizni aniqlaymiz. Yoqmasa, hech narsa to'lamaysiz.

Kitob sovg'a

Demo darsga belgilangan vaqtda kelib, o'qishni davom ettirsangiz, sotuvda yo'q markaz kitobi bepul.

Dars qoldirsangiz ham

Yordamchi ustozlar bor, qoldirilgan darsning videosi yuboriladi.

Savollar

Savol-javob

Umuman bilmasam ham bo'ladimi?

Ha. Fonetika kursi harflardan boshlanadi. Ko'pchilik o'quvchilarimiz noldan kelgan.

Qur'on o'qishni o'rgatasizmi?

Biz til markazimiz, diniy dars o'tmaymiz. Biz arab tilida o'qishni o'rgatamiz. Kursni tugatgach, arab tilidagi istalgan kitobni to'g'ri talaffuz bilan ravon o'qiy olasiz. Qaysi kitobni o'qishni o'zingiz tanlaysiz.

Darslar qachon va qancha davom etadi?

Standart va Premium guruhlarda haftada 3 kun, VIP da haftada 5 kun. Qulay guruh vaqtini demo darsda tanlaysiz.

Onlayn o'qisa bo'ladimi?

Fonetika onlayn bor: video darslar, vazifani Telegramda ustozga yuborasiz, haftada 1 marta Zoom'da jonli dars. VIP tarifda haftada 2 kun onlayn.

Darajamni qayerdan bilaman?

Bepul demo darsda ustoz darajangizni aniqlaydi va qaysi bosqichdan boshlashni aytadi.

Sertifikat beriladimi?

Fonetika kursini tugatganlarga 4 oylik kursni tugatgani haqida sertifikat beriladi.

Markaz joylashuvi: G'afur G'ulom metrosi va NBU bank yonida
Manzil

Qayerdamiz

Toshkent, Shayxontohur tumani, Jangoh 2B.

Mo'ljal: G'afur G'ulom metrosi, Ganga. Metrodan chiqib, NBU bank tomonga yurasiz.

Filiallar: Kitob va Shahrisabz (Qashqadaryo).

Bepul demo darsga yoziling

Ma'lumotni qoldiring, siz bilan bog'lanib, qulay kun va soatni belgilaymiz.

  1. Siz bilan bog'lanamiz va vaqtni kelishamiz.
  2. Demo darsda ustozni ko'rasiz, darajangiz aniqlanadi.
  3. Mos guruh va tarifni tanlaysiz.

Raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.

✓

Arizangiz qabul qilindi!

Tez orada siz bilan bog'lanamiz. Shu orada Telegram kanalimizga qo'shiling: darslar va o'quvchilar natijalarini ko'rasiz.

Telegram kanalga o'tish

Instagram · Barcha tarmoqlarimiz

Kutib turolmasangiz: +998 99 270 37 17

Bepul demo darsga yozilish